Jańalıqlar

Nuroniylarga e’tibor va g‘amxo‘rlik: Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Nuroniylarga e’tibor va g‘amxo‘rlik: Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tomonidan tumandagi yoshi ulug‘ nuroniylar va otaxonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning kundalik muammolari va murojaatlari tinglanmoqda.
Kengash raisining bevosita aralashuvi va deputatlik nazorati natijasida, keksalar tomonidan ko‘tarilayotgan tibbiy xizmat, moddiy yordam, mahalla infratuzilmasi hamda ijtimoiy himoyaga oid ko‘plab murojaatlar joyida ijobiy hal etilmoqda. "Keksalar — xonadonimiz fayzi va duogo‘yimiz" tamoyili asosida ota-onalarimiz va nuroniylarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3