Jańalıqlar

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

Fuqarolar murojaatlari asosida aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan “Xursandlik” MFYda fuqarolar murojaati asosida oilaviy nizo masalasi mahalla oqsoqollari va mahalla faollari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida murojaat mazmuni atroflicha o‘rganilib, oiladagi muammoni tinch yo‘l bilan hal etish, o‘zaro kelishuvga erishish hamda tegishli tushuntirish va tavsiyalar berish masalalariga e’tibor qaratildi.