Jańalıqlar

DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva Andijon shahridagi 40-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

Tashrif davomida ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlashib, muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud sharoitlar hamda faoliyat jarayoni bilan tanishdi.

Shuningdek, xodimlarning fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat nazorati — amaliy natija sari muhim qadam.

Slide 1 of 3