Jańalıqlar

24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar “Tinchlik” MFYdagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlarni manzilli yetkazish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.