Jańalıqlar

DUAL TA’LIM — AMALIYOT BILAN UYG‘UN!

Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova Andijon pedagogika texnikumida o‘quvchi qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan dual ta’limga oid deputatlarga biriktirilgan qonun va qarorlar yuzasidan o‘quvchilarga tushuntirishlar berildi.

O‘quvchilarning biriktirilgan tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘tash jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda mavjud masalalar o‘rganildi.

Yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3