Jańalıqlar

MADANIYAT MASKANIDAGI ISHLAR DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasi hamda deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon viloyati Musiqali drama teatrida bo‘lib, muassasada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar, ularning borishi hamda teatrda tomoshabinlar va ijodkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3