35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sug‘orish uchun ajratilgan suv limiti o‘rganildi.

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Zafarobod tuman «Suv yetkazib berish xizmati» DM direktori Sh.K.Boboqulov tomonidan kiritilgan masala yuzasidan dastlabki o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Zafarobod tumani bo‘yicha 2025–2026-yil kuzgi-qishki sug‘orish davrida sho‘r yuvish, nam suvi va boshqa sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv miqdori (limiti)ni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash masalasi o‘rganildi.
O‘rganish davomida suvdan samarali va oqilona foydalanish, sug‘orish ishlarini belgilangan limitlar asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasiga muvofiq amalga oshirildi.

Slide 1 of 3