35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlar sifatini deputatlik nazorati orqali o‘rganish muhim vazifalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X. Abdurahmonov tomonidan Yoyilma MFY raisi hamrohligida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishning asosiy yo‘nalishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori ijrosiga qaratildi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, unda Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

Qarorga muvofiq, shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun 4,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘larning belgilangan manzillar bo‘yicha maqsadli va samarali sarflanishi, yo‘l-ta’mirlash ishlarining sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilmoqda.

Joyiga chiqqan holda o‘rganish davomida Yoyilma mahallasidagi Aslobod ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlarining amaldagi holati ko‘zdan kechirildi. Bunda bajarilayotgan ishlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiqligi, ta’mirlash jarayonining sifati hamda ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yo‘l-ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazoratining mazkur shakli ajratilgan budjet mablag‘larining qog‘ozdagi hisobotlarda emas, balki bevosita hududning o‘zida qanday natijaga aylanayotganini ko‘rish imkonini beradi. Shu bois Aslobod ko‘chasidagi ishlarning yakuniy natijasi, yo‘l qoplamasining sifati va fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar masalasi nazoratda davom ettiriladi.

Slide 1 of 7