Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 2-Mirzakalon Ismoiliy okrugi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Ravshan Umarov fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik va xavfsiz harakat yaratish maqsadida, Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi rahbariga deputat so‘rovi yubordi.
So‘rovda, “Asaka” mahallasi “Tamaraxonim” ko‘chasi bo‘ylab avtotransport vositalarining harakatini bir tomonlama qilish va ushbu harakatni ogohlantiruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish to‘g‘risida amaliy yordam so‘ralgan.