#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
✅Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Zevar" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
✅Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Hokim yordamchilarining hisobdorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Zevar" MFYga tashrif buyurib, hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.
✅O‘rganish jarayoni deputatlar faoliyatining "24 ta muhim yo‘nalishi" va "4-ustuvor yo‘nalishi" hamda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-sonli Qonuni talablari asosida o‘tkazildi.
Monitoring davomida xonadonbay o‘rganishlar samaradorligi, tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilliligi hamda aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Yakunda Hokim yordamchisi faoliyatini kuchaytirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatidan unumli foydalanish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.