35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Markaziy dehqon bozorida o‘rganish olib borildi.Nazorat tadbiri “Parkent dehqon bozori” MChJ direktor o‘rinbosari Tojiboyev Botir O‘ktamovich bilan hamkorlikda o‘tkazilib, bozor faoliyati bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.O‘rganish davomida savdo rastalarining faoliyati,aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati,oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, savdo qoidalariga rioya etilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, go‘sht, guruch,piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, sifati hamda aholiga hamyonbop narxlarda yetkazib berilishi o‘rganildi.Nazorat jarayonida bozor ma’muriyati, tadbirkorlar,sotuvchilar va xaridorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Tadbirkorlarga mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish hamda xaridorlarga qulay xizmat ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar berildi.O‘rganish yakunida bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, aholining xarid qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.Tuman Kengashining ish rejasi asosida aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 6