35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI


📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 6-Beshkapa saylov okrugidan saylangan deputat Xafizov Xikmatillaga biriktirilgan kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan "Sarbozor" mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda turli ehtiyojlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👩‍🦰 “Ayollar daftari”ga jami 107 nafar xotin-qiz kiritilgan.

📊 Toifalar kesimida:
🔹 1-toifa — 50 nafar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar.
Ushbu toifaga bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.
💼 2-toifa — 4 nafar
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar.
Mazkur toifadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga kredit mablag‘lari ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilgan.
🏠 3-toifa — 0 nafar
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, uy-joyi ta’mirga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
🩺 4-toifa — 31 nafar
Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Ularning sog‘lig‘i, ruhiy holati va ijtimoiy ehtiyojlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli yordamlarni tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ 5-toifa — 22 nafar
Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, nikohni bekor qilish (ajrim), yarashtiruv, sud, aliment va boshqa huquqiy masalalarda maslahat hamda amaliy yordamga ehtiyojmand xotin-qizlar bilan tegishli ishlar olib borilmoqda.

📌 Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 41 nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlarga yordam ko'rsatildi;
✅ 31 nafar xotin qizlar faoliga tibbiy va psixoligik yordam korsatildi
✅ 22 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

👩‍👩‍👧‍👦 Deputat o‘rganishi yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
м

Slide 1 of 3