35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning muammosi o‘rganilib, bandligi ta’minlandi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning muammosi o‘rganilib, bandligi ta’minlandi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati I. Abdullayeva Kenagas mahalla raisi Shodlik Quryozov bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj, Ijtimoiy reyestrda hisobda turuvchi oilalar holatini o‘rganish maqsadida Hamkor ko‘chasi 15-uyda yashovchi ishsiz fuqaro Nasiba Abdullayevaning xonadonida bo‘ldi.
O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti, mavjud muammolari hamda bandlik masalalari atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, Nasiba Abdullayevani ishga joylashtirishga ko‘mak berildi.