Hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hisobiga zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilib, mavjud korxonalarning moddiy-texnika bazasi yangilanmoqda. Yangi loyihalarni amalga oshirish natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ortib, mahalliy xomashyoni qayta ishlash imkoniyatlari kengaymoqda.
Beruniy tumani Kengashi deputati Babajanov G‘ofurjon Baxtiyarovich