#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan hududda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqish, ularga asosli javob berish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|