35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Tabrik

Aziz yurtdoshlar!

#deputatlik_faoliyati
#yunusobod_deputatlari
#munosabat

🇺🇿Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

🇺🇿Mustaqilligimiz yillarida yurtimiz barcha sohalarda, jumladan, sog‘liqni saqlash tizimida ham ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Zamonaviy tibbiyot muassasalari, ilg‘or davolash usullari va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yildan-yilga yuksalib bormoqda.

🎇Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va yangi yutuqlar tilayman. Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va kelajagimiz porloq bo‘lsin!

🇺🇿Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Eshonxodjayev Otabek Djurayevich
20-jomiy saylov okrugi deputati

Bizni kuzatishda davom eting!