Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “16-Qo‘shchinor” saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hududiga kiruvchi “Qashqarimakey” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
📌Mazkur mahalla Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida belgilangan.
🔴O‘rganish davomida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅Loyiha doirasida “Firdavs” va “Beshkapa” ko‘chalarida jami 4,7 kilometr sug‘orish tarmog‘ini betonlashtirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 2 kilometr qismi betonlashtirildi, qolgan qismini betonlashtirish ishlari esa davom ettirilmoqda.
🔴Mazkur loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida aholining tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyati yaxshilanib, suvdan samarali foydalanish ta’minlanadi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
✅O‘rganish davomida loyiha ijrosi nazoratga olindi va ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.