35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati ishchi guruhi a'zolari F.Abdusattorov, Sh.Tursunqulovlar tomonidan Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati faoliyati samaradorligini oshirish, ayniqsa hududlarda kam faoliyat olib borayotgan deputatlar ishini faollashtirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida deputatlarning saylovchilar bilan muloqotini kuchaytirish, hududlarda muntazam uchrashuvlar tashkil etish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o'rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy ishlarni jadallashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, xalq bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5