Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Po‘latchi mahallasidan oqib o‘tuvchi zovurlar holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida zovurlarning texnik va meliorativ holati, suvning oqib o‘tishi hamda hududdagi mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
Zovurlarning soz va toza holatda saqlanishi ortiqcha suvlarni chiqarish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi maydonlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega.