35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shahar Kengashi sessiyasida kun tartibidagi ikkinchi masala — Shirin shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O. Xasanov ma’ruza qildi.

2026-yil I chorakda mahalliy budjet daromadlari rejasining ortig‘i bilan bajarilishi natijasida 2 417,4 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ shakllangan.
Ushbu mablag‘lar shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash uchun muhim moliyaviy manba hisoblanadi.

🌀Hisobot davrida qo‘shimcha manbalarning 1 943,9 mln so‘m qismi Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining tegishli qarorlari asosida aniq va maqsadli yo‘nalishlarga ajratilgan.
Shuningdek, 473,5 mln so‘m mablag‘ sarflanmasdan, qoldiq mablag‘ sifatida shakllangan. Mazkur mablag‘larni kelgusida shaharning eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etish va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

➡️290 mln so‘m mablag‘ qaysi yo‘nalishlarga ajratiladi?
Sessiyada qo‘shimcha manbalar hisobidan 290,0 mln so‘m mablag‘ni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish masalasi ko‘rib chiqildi:

🌱 150 mln so‘m — Shirin shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ajratilgan 0,1 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etish xarajatlariga yo‘naltiriladi.

🎨 70 mln so‘m — Shirin shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga. “Mirzo Ulug‘bek” va “Do‘stlik” mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yon devorlariga ramziy mazmundagi shukronalik tasvirlarini chizish ishlariga sarflanadi.

🇺🇿 70 mln so‘m — Shirin shahar Madaniyat bo‘limiga. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash tadbirlarini tashkil etish xarajatlariga yo‘naltiriladi.

✨ Mazkur mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi natijasida shahar infratuzilmasi va obodonchiligi yanada yaxshilanib, mahallalarda zamonaviy va fayzli muhitni shakllantirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifatini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1