O‘rganish davomida milliy qonunchiligimizdagi axborot sohasiga oid quyidagi muhim normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi va hayotga tatbiq etilishi asosiy mezon qilib olindi:
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 439-II-sonli "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-apreldagi 400-I-sonli "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida"gi Qonuni.
O‘rganish jarayonida quyidagi ijtimoiy-huquqiy masalalarga alohida urg‘u berildi:
️Axborot xolisligi va ochiqligi: Shaharda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda aholini qiziqtirgan dolzarb masalalarning gazeta sahifalarida xolis yoritilishi.
️Deputatlar faoliyatining yoritilishi: Xalq deputatlari shahar Kengashi va doimiy komissiyalar ishining keng jamoatchilikka o‘z vaqtida va shaffof tarzda yetkazib berilishi.
️Axborot olish kafolatlari: Fuqarolarning erkin axborot olish huquqini ta’minlash va tahririyat faoliyatida qonuniy prinsiplarga amal qilinishi.