📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 6-Jo‘rabek saylov okrugi deputati T. Axmedovaga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan, kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Akbarali Alisherov tomonidan Jo‘rabek mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📝 Uchrashuvda asosan, mahalladagi kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Mazkur muammoning mavjud holati, aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
❗️ O‘rganish davomida fuqarolarning fikr va takliflari qayd etilib, kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq masalani hal etish yuzasidan tegishli ma’lumotlar jamlandi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, deputatga axborot kiritish uchun tayyorlandi.