35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 6 290 TA MUROJAAT — HAR BIR INSON E’TIBORDA!

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi sessiyasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori S.Allayarovning 2026-yil I yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi. Hisobot davrida 6 290 ta ariza asosida fuqarolarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatildi.

📊 1 289 ta kam ta’minlangan oilaga 4,03 mlrd so‘mlik bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlandi. Shuningdek, 129 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.

🤝 Sessiyada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, murojaatlarni doimiy monitoring qilish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.