📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 6-Jo‘rabek saylov okrugi deputati Tuxfaxon Axmedovaga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Akbarali Alisherov tomonidan Boysun mahallasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📝 Murojaatda mahalladagi mavjud muammolar hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayon davomida mahalla raisining fikr va takliflari tinglanib, murojaatda qayd etilgan holatlar yuzasidan tegishli ma'lumotlar joyiga chiqqan holda to‘plandi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, deputatga axborot kiritish uchun tayyorlandi.