Sardoba tumani hokimi va deputat Z.Karimov boshchiligida "Yangiqishloq" mahallasida Sardoba tumani hokimi kubogi uchun tashkil etilgan futbol musobaqasiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida jamoalarning raqiblari aniqlandi hamda musobaqaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Turnir mahallalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni sportga keng jalb etish va do‘stona hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi