35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda

Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
Hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va ularni manzilli hal etish deputatlik faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashiga 14-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat G‘ayrat Yo‘ldoshev “Saritepa” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ushbu qabul mahalladagi masalalarga kompleks yondashish maqsadida “Mahalla yettiligi” va mahalla bankiri bilan hamkorlikda tashkil etildi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan turli mazmundagi murojaatlar atroflicha eshitildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish, bandlik va ijtimoiy yordamga oid ko‘plab masalalar joyida, tegishli mutasaddilar ishtirokida ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 3