35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalladagi tadbirkorlik tashabbuslari o‘rganildi

Mahalladagi tadbirkorlik tashabbuslari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan Turkman mahallasida hokim yordamchisi faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada kredit olish istagida murojaat qilgan fuqarolarning yashash sharoitlari, tadbirkorlik tashabbuslari va faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Turkman MFY, Kommuna ko‘chasi 26-xonadonda yashovchi Samarov Sirojiddin xonadonida bo‘lib, uning issiqxona faoliyati bilan tanishildi.

Fuqaro issiqxonani kengaytirish va faoliyat hajmini oshirish maqsadida kredit olish yuzasidan murojaat qilgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda murojaatlarni amaliy hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

Mahallalarda aholi bandligi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2