35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI — DEPUTAT NAZORATIDA

🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI — DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, shifokorlar qabulining tashkil etilishi, dori-darmon ta’minoti, profilaktik tibbiy ko‘riklarning o‘tkazilishi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarni dispanser nazoratiga olish hamda tez tibbiy yordam xizmatining samaradorligi tahlil qilindi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — har bir fuqaroning malakali, o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat olish huquqini ta’minlash, sohadagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 2