Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S. Djumanova hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘ziga biriktirilgan “Pastdarg‘om meva-sabzavot” MChJ dehqon bozorida bo‘lib, bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida bozorda savdo jarayonlarining tashkil etilishi, tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar harakati hamda xaridorlarga xizmat ko‘rsatish tizimi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bozor faoliyatini yanada rivojlantirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda aholiga qulay va tartibli savdo muhitini yaratish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.