Jańalıqlar

XONQADA YANGI BOG‘CHA QURILISHI DEPUTATLAR NAZORATIDA

✅Aholi farzandlarining zamonaviy sharoitlarda ta’lim va tarbiya olishlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🏅 Bugun Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov hamda Xonqa tumani Kengashi raisi X.Abdiramanovlar Xonqa tumanidagi “Durvadik” mahallasida bo‘ldilar.

🔎 Tashrif davomida hududda barpo etilayotgan 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish obyekti yaqindan o‘rganildi.

🚧 O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?

Sifat va muddat: Qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi va o'z muddatida yakunlanishi;

Sharoitlar: Kelgusida tarbiyalanuvchilar va pedagoglar uchun yaratiladigan sharoitlar hamda xonalarning jihozlanish rejalari;

Mas’uliyat: Quruvchi va mutasaddilarga ishlarni sifatli va namunali tarzda olib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🏢 Ushbu yangi maktabgacha ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi mahalladagi bolajonlarning qamrovini kengaytirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3