🔹 Xatlov jarayoni va ro‘yxatga olish tartibida o‘rganish mezonlari: ishchi guruh oila a’zolari soni, ish bilan bandligi, shaxsiy tomorqasidan foydalanishi hamda nogironligi yoki surunkali kasalligi borligiga e’tibor bermoqda.
🔹 Baholash tizimi: xatlov natijasida aniqlangan holatlardan kelib chiqib, oilalar «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilayapti.
🔹 Ro‘yxatga kiritish: to‘plangan ma’lumotlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimiga (Ijtimoiy reestrga) kiritilishi orqali oilaning kambag‘allik darajasi avtomatik
ravishda baholanadi.
🔹 Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlar: Reestrga kiritilgan oilalar ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordamlar oladi hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli dasturlar (masalan, biznes boshlash uchun subsidiyalar yoki imtiyozli kreditlar) ishlab chiqiladi.
✅ Mahalla aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijadorligini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyat mudiri Laziz Turanov o‘z hududi - “21-Oq oltin” saylov okrugida yashovchi mahalla aholisi vakillari bilan uchrashdi.
✅ Fuqarolar bilan uchrashuvlarda asosiy e’tibor: “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” tomonidan hududdagi Qatag‘on qishlog‘ida kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalarni xatlovdan o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalarga qaratildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi