Jańalıqlar

✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!

📍 Shovot tumani, 2026-yil 8-may — Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining doimiy komissiyasi muhim qaror qabul qildi.
🔖 DKQ 03-02/63-26
Prezident videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar asosida tuman hokimi M.Davlatovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.
📋 Harakatlar rejasi tasdiqlandi! Unda 5 ta asosiy yo‘nalish belgilangan:
✅ Tashkiliy tadbirlar va Tuman shtabi tashkil etish ✅ Murojaatlarni chuqur tahlil qilib, tizimli hal etish ✅ Nazorat va monitoringni kuchaytirish ✅ Sayyor va shaxsiy qabullarni samarali tashkil etish ✅ Jamoatchilik va OAV bilan yaqin hamkorlik
🎯 Asosiy maqsad: Shovot tumanini aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish!
Har bir muammo mahallada tezkor hal etiladi, takroriy murojaatlar kamayadi.