Jańalıqlar

🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.
💰 Muhokamalar yakunida tuman budjetining yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hamda 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushgan daromadlar hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi.
✅ Mazkur mablag‘larni ajratish masalasini xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.
📌 Shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.