"Saxovat" MFYdagi 47-sonli maktabda o'quvchilar davomati ko'zdan kechirildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi ijrosini ta'minlash hamda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan vazifalardan kelib chiqib, 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat A. Kamolov o'z okrugidagi 47-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'ldi.
Tashrif davomida deputat ta'lim maskanida o'quvchilarning darslardagi ishtiroki va davomat holatini yaqindan o'rgandi. Xususan:
Sinf jurnallari va elektron davomat tizimidagi ko'rsatkichlar tahlil qilindi;
Sababsiz dars qoldirayotgan o'quvchilar mavjud bo'lsa, ularning sabablari o'rganilib, ota-onalar va maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda ko'riladigan choralar muhokama qilindi;
O'quvchilarning ilm olishga bo'lgan qiziqishi hamda ularga yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi.
O'rganishlar yakunida o'quvchilarning darslarga to'liq qatnashishini ta'minlash, davomatni qat'iy nazoratda ushlab turish va ota-onalar bilan aloqalarni yanada kuchaytirish yuzasidan maktab rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.