Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📚 ISHONCH MAKTABI — KONSTITUTSIYAVIY BILIM VA HUQUQIY MADANIYAT SARI

#Madad_NNT
📚 ISHONCH MAKTABI — KONSTITUTSIYAVIY BILIM VA HUQUQIY MADANIYAT SARI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Bozorova Madad NTT rahbari Sh. Joniqulov bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ishonch maktabi” mavzusida huquqiy tushuntirish tadbirini o‘tkazdi.
📝 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi mazmun-mohiyati, unda belgilangan ta’lim olish huquqi va davlatning ushbu sohadagi kafolatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, davlat tomonidan bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olish kafolatlanishi, umumiy o‘rta ta’limning majburiyligi, shuningdek, maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida ekanligi o‘quvchilarga sodda va tushunarli misollar orqali izohlab berildi.

Slide 1 of 2