Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

“Jo‘yjangal” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi

O‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 6-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

Unda xotin-qizlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi amaliy ishlar tahlil qilindi. Jumladan:

🔹 Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — oilaviy nizolar va tazyiq holatlarini barvaqt aniqlash, jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish hamda himoya orderlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq ishlar;

🔹 “Ayollar daftari” bilan ishlash — ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatishning manzilliligi;

🔹 Bandlik va tadbirkorlik — ishsiz xotin-qizlarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilik orqali ularning iqtisodiy faolligini oshirish;

🔹 Oilalarni mustahkamlash — nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, ajrimlarning oldini olish va mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha Kengash raisi D. Normurodova tomonidan xotin-qizlar faoliga har bir murojaat va muammoga individual yondashish, nizoli oilalar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmaslik hamda qonun talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Xotin-qizlar himoyasi, oilalar farovonligi va qonun ustuvorligi — doimiy e’tiborda!