Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 11-bandi — “Kuz-qish mavsumida isitish tizimi” ijrosi yuzasidan Mustaqillik mahallasidagi 10-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi holati, mavjud isitish uskunalarining sozligi, sinfxonalarda me’yoriy haroratni ta’minlash imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5