Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Mustaqillik mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yordamga ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2