Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

EKSPERT GURUHI FAOLIYATI

EKSPERT GURUHI FAOLIYATI

MONITORING NATIJALARI EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy Kengash qarorlari va Kengash raisi farmoyishlari ijrosi yuzasidan 2026-yil sentabr oyida o‘tkazilgan monitoring natijalari tuman Adliya bo‘limida ekspert guruhi ishtirokida tahlil qilindi.

Tahlil davomida monitoring natijalari, belgilangan vazifalar ijrosi, aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash, mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Monitoring tahlili mahalliy Kengash hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ijro samaradorligini oshirishga qaratildi.

Slide 1 of 2