Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
O. Xolboyevning saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
D. Abdrimova tomonidan saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash va saylovchilar murojaatlari ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.