Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YOSHLARNING INNOVATSION LOYIHALARI VA STARTAPLARI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati B. Mahkamov yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishi hamda IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘rganish olib bordi.

✅O‘rganish davomida, yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, amaliy loyihalar va startaplar bilan yaqindan tanishildi. Yosh startapchilarning g‘oyalari, loyihalarning amaliy ahamiyati hamda ularni kelgusida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

👨‍💻Shuningdek, o‘quvchilarning IT va sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganishi, zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni egallashi, tanlov va olimpiadalarda ishtirok etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.

⚖️Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish va ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Deputat tomonidan yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion loyihalarini rivojlantirish va ta’lim bilan amaliyotni yanada yaqinlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2