Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G. Islamova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Turdiyev tomonidan Ahillik mahallasi Turkiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar mahalla hududida to‘planib qolayotgan maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan murojaat bildirdilar. Mazkur holat hududning sanitariya holati va obodonligiga ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Murojaat yuzasidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni tashkil etish hamda hududda tozalik va sanitariya qoidalariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3