Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G. Islamova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Turdiyev tomonidan Ahillik mahallasi Turkiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro S. Xoldarovaning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro ko‘p qavatli uyning tom qismiga o‘rnatilgan shiferlarning yaroqsiz holga kelgani sababli yog‘ingarchilik vaqtida xonadoniga suv sizib kirayotganini ma’lum qildi. Mazkur holat joyida ko‘zdan kechirilib, muammoni bartaraf etish masalasi muhokama qilindi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3