Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kotib

EKOLOGIK MADANIYAT — TABIATGA MAS’ULIYATLI MUNOSABATDAN BOSHLANADI!

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani partiya tashkiloti raisi A.Sattorov va Kengash deputatlari tomonidan tumandagi 256-sonli maktabida o‘quvchi yoshlar bilan ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida yosh avlod qalbida tabiatga mehr-muhabbatni shakllantirish, atrof-muhitni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlarning ekologik muammolar bo‘yicha bilim va tushunchalarini kengaytirish, ularni tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishga undash masalalari ham muhokama qilindi.

Zero, bugungi yoshlarning ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish — ertangi kunning toza, obod va farovon muhitini yaratish demakdir.

Slide 1 of 1