Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLASH HOLATLARI O‘RGANILDI

YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLASH HOLATLARI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi a’zosi Sh. Uralov tomonidan 937-sonli Qonun ijrosi, xususan, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan fuqarolar bilan ishlash jarayoni yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔎 Mazkur masala doirasida tuman Kadastr agentligi rahbari bilan suhbat o‘tkazilib, qonun ijrosini ta’minlash, fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borish hamda mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, Yoshlar maslahati guruhi a’zolarining ushbu yo‘nalishdagi tashabbuskorligini oshirish, kadastr xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatish va aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✅ Maqsad — qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda yer munosabatlarida qonuniylikka erishishga ko‘maklashish.