Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat xodimi J.Sadirov tomonidan tumanning “G‘azalkent” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim G.Junisova faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning ijtimoiy holati hamda ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 24 ta oila “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan. Shundan 9 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 12 tasi kambag‘al oilalar hamda 3 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

🔻Shuningdek, joriy oy boshidan buyon reyestrga yana 2 ta oila kiritilgan. Bu esa mahallada aholining ijtimoiy holatini o‘rganish, qo‘shimcha ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash va ularni tegishli tartibda ijtimoiy himoya bilan qamrab olish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ko‘rsatadi.

🔻Ijtimoiy xodim faoliyatida oilalarning ehtiyojlarini o‘rganish, ularning muammolariga manzilli yondashish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib tegishli yordamlarni tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanishiga ko‘maklashish muhim o‘rin tutadi. O‘rganish yakunida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashni izchil davom ettirish, ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ijtimoiy ko‘makning manzilliligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3