Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

80-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI

80-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Sodiqov Muzbuloq mahallasidagi 80-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida maktab binosining saqlanish holati, sovuq kunlarda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, isitish tizimining tayyorligi hamda maktab hovlisining tozaligi va tartibga keltirilganligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida mavsumni betalafot o‘tkazish, hududni yanada obod saqlash va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan ta’lim muassasasidagi sharoitlarni yaxshilash va o‘quvchilar uchun qulay muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar nazoratga olindi.

Slide 1 of 3