Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: ELEKTR XAVFSIZLIGI TA’MINLANMOQDA

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: ELEKTR XAVFSIZLIGI TA’MINLANMOQDA

📍 Mang‘itobod mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tashabbusi bilan Mang‘itobod mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yo‘l yoqalaridagi daraxtlarning shoxlarini kesish ishlari tashkil etildi.

⚡️ Mazkur ishlar, ayniqsa, qish mavsumida daraxt shoxlarining elektr simlariga tegib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar va xavfsizlik bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga qaratilgan.

✅ Bunday profilaktik tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash, elektr ta’minotining barqarorligini saqlash hamda mahalla hududini kuz-qish mavsumiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 5