Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori ijrosini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.

📑 Mazkur qaror doirasida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdo va eksportni rivojlantirish, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishlaridagi ishlarni tahlil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Qaror ijrosini joylarda o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.

🔎 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.