Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

QOROVUL MAHALLASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA

QOROVUL MAHALLASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Odamboy Karimov Qorovul mahallasida bo‘lib, aholi va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan mahalla kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, mahalla kutubxonasi fondida turli yo‘nalishdagi 5 mingdan ziyod adabiyotlar jamlangan bo‘lib, fuqarolarning kitob mutolaa qilishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Kutubxona faoliyatiga Xasanova Boljon rahbarlik qilmoqda.
O‘rganish davomida deputat kutubxona rahbari bilan muloqot qilib, kitob fondidan samarali foydalanish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 1